Barcha yangiliklar
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
Gallery image 67917
Gallery image 67918
Gallery image 67919
Gallery image 67920
Gallery image 67921
Gallery image 67922
Gallery image 67923
Gallery image 67924
Gallery image 67925
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
17 Noy 2025
16:51

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

 

Yurtimiz bo‘ylab “Bir Vatan, bir el, bir bayroq”
shiori ostida tadbirlar davom etmoqda. Bugun davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining
34-yilligi Jondor
tumanida ham o‘zgacha shukuhda
o‘tkazildi. So‘zga chiqqan Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi J.Xudoyev tadbir ishtirokchilarini qutlab, O‘zbekiston bayrog‘ining ramziy ma’nosi va davlatimiz mustaqilligining yorqin
timsoli ekani, bayroq — xalqimizning g‘ururi va iftixori, milliy o‘zligimizning
yorqin belgisi bo‘lib, uni ulug‘lash
har birimizning sharafli burchimiz ekanligini taʼkidladilar.  

Tadbir jarayonida harbiy orkestrning vatanni madh
etuvchi chiqishlari tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi. Yurish
marafoni
 

tuman hokimligi binosidan boshlab "Favvoralar xiyoboni" gacha bo‘lgan masofada deputatlar,
ziyolilar, keng jamoatchilik, aholi, yoshlar jamoasi hamda barcha tadbir
ishtirokchilari hamrohligida yuksak g‘urur bilan o‘tkazildi.