Barcha yangiliklar
Deputat – Kelajak soati darsida!
Gallery image 67873
Gallery image 67874
Gallery image 67875
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
17 Noy 2025
14:21

Deputat – Kelajak soati darsida!

📕Bugun Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Suyunov tomonidan Nurobod tumanidagi 24-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Kelajak soati” darslarida faol ishtirok etib, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirish bo'yucha gapirib o'tdi .

🗣 Dars jarayonida o‘quvchilarga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimidagi yangilanishlar hamda tumanimizda yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

💬 Deputat yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Uchrashuv davomida yosh avlodni vatanparvarlik, ularni kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar etib voyaga yetkazish zarurligi ta’kidlandi.