Barcha yangiliklar
Deputatlar tomonidan ijtimoiy obyektlardagi isitish tizimi o‘rganilmoqda
Gallery image 67867
Gallery image 67868
Gallery image 67869
Gallery image 67870
Gallery image 67871
Gallery image 67872
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
17 Noy 2025
13:58

Deputatlar tomonidan ijtimoiy obyektlardagi isitish tizimi o‘rganilmoqda

 Deputatlar tomonidan ijtimoiy obyektlardagi isitish tizimi o‘rganilmoqda. 

           Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati R.Tojiyev, tuman Kengashi deputatlari A.Yursunov va Z.Djo‘raboyevlar Oltiariq tuman tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonasida isitish tizimi xolati o‘rganildi. Shifoxonada 59 nafar shifokor, 469 nafar tibbiyot xodimi, 215 nafar kichik tibbiyot xodimi, 85 nafar ma’muriy xo‘jalik xodimlari faoliyat yuritib kelishmoqda. Shifoxona bir vaqtning o‘zida 361 nafar bemorni qabul qila oladi. Shifoxonani isitish tizimi "Samo ko‘rki" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Muassasada 9 ta kozonxona shay xolatga keltirilgan. 100 tonna ko‘mir zaxirasi yaratilgan. Deputatlar shifokor va bemorlar bilan suxbatlashib, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Shuningdek, muassasada oziq-ovqat maxsulotlarining saqlanishi va sifati, bir martalik tibbiy chiqindilarni yoqish joyi va sanitariya xolatlarini ham o'rganishdi. Aniqlangan kamchilklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbir belgilandi.