Barcha yangiliklar
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Gallery image 67862
Gallery image 67863
Gallery image 67864
Gallery image 67861
Gallery image 67865
Gallery image 67866
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
17 Noy 2025
13:10

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati Avazbek Soliyev tomonidan Piyozchilik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi. 

Dastlab, mahalla fuqarolar yig'inlari mas’ullari ishtirokida aholiga ko'rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar va kuz-qish mavsumida ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash masalalari muhokama etildi.  

Shuningdek, hududda joylashgan 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida binoning isitish tizimi, sinf xonalari hamda o‘quvchilarning xavfsizligi uchun zarur sharoitlar bilan tanishildi.  

Shu bilan birga, maktab rahbariyati birgalikda yoshlarning mafkuraviy immunitetini yanada oshirish, axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazishga kelishib olindi.