Barcha yangiliklar
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI Oltinsoy tumanida
Gallery image 67845
Gallery image 67846
Gallery image 67847
Gallery image 67848
Gallery image 67849
Gallery image 67850
Gallery image 67851
Gallery image 67852
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
17 Noy 2025
12:05

DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI Oltinsoy tumanida

 Oltinsoy tumanida “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va Senatorlarning Mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi Shakarqamish 17-saylov okrugidan saylangan deputat Tavasharov Xamro Ziyayevich ishtirokida Oltinsoy tumanidagi “Shakarqamish” mahallasida saylovchilar
bilan uchrashuv o‘tkazildi.
 

Uchrashuv davomida mahalla fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan muammolar ichki ko‘chalarni asfaltlash, tomorqalarni sug‘orish uchun ariqlarni tozalash, beton ustun va yopiq kabellar o‘rnatish kabi masalalar muhokama qilindi. 

Deputat tomonidan uchrashuvdagi mahalla fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda tegishli korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborishga kelishib olindi. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati