Barcha yangiliklar
O‘zbekistonlik para shaxmatchilar yurtga munosib natijalar bilan qaytishdi!
Gallery image 67792
Gallery image 67793
Gallery image 67794
Gallery image 67795
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
01 Avg 2025
10:42

O‘zbekistonlik para shaxmatchilar yurtga munosib natijalar bilan qaytishdi!

Hindistonning Goa shahrida o‘tgan IPCA tasnifidagi XXIV Jahon chempionati jismoniy imkoniyati cheklangan shaxmatchilarimiz uchun yana bir ulkan muvaffaqiyat sahnasiga aylandi. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘z mahorati va irodasini namoyish etib, yurtimiz hisobiga qator medallarni qo‘shishdi.
O‘zbekistonlik para shaxmatchilar umumiy hisobda 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Ularning har biri — mehnat, qat’iyat va tinimsiz mashg‘ulotlarning munosib natijasi.
Ayniqsa, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Aralov Anvar Mamadaliyevichning ishtiroki va sovrindorlik bilan Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgani alohida e’tiborga loyiq. Uning bu yutug‘i tumanimiz va mamlakatimiz uchun faxrdir.
Musobaqadan qaytgan shaxmatchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida iliq kutib olinib, ularning muvaffaqiyatlari keng jamoatchilik tomonidan yuqori baholandi.

#IPCA2025 #ZarbdorTumani #SportFaxri #Shaxmat