Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 67774
Gallery image 67775
Gallery image 67776
Gallery image 67777
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
17 Noy 2025
09:48

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 21-G‘urjak saylov okrugi deputati Eshmurodova Zulfizar Xo‘shboqovna “Qulluqsho” mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashib, ularning dolzarb masalalari va takliflarini o‘rgandi.

Uchrashuv jarayonida deputat:

✔️ davlatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mahallalar rivojiga ta’siri,

✔️ so‘nggi qaror va farmonlarning amaliy ijrosi,

✔️ ijtimoiy himoya, bandlik va infratuzilma bo‘yicha yangiliklar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha joyida o‘rganishlar o‘tkazildi va ayrim murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi.