Barcha yangiliklar
OLTINSOY TUMANIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI O‘RGANILDI
Gallery image 67717
Gallery image 67718
Gallery image 67719
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
15 Noy 2025
12:47

OLTINSOY TUMANIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati N.Choriyeva ishtirokida “Beshbola pahlavon” mahallasida joylashgan 53-sonli oilaviy punktida mavjud shart-sharoitlar, tibbiyot xodimlari faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi. 

O‘rganish davomida deputat tomonidan muassasaning moddiy-texnik bazasi, dori vositalari bilan ta’minlanish holati, tibbiyot xodimlarining mehnat sharoitlari va fuqarolarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoni bilan yaqindan tanishildi. 

Mazkur o‘rganishning asosiy maqsadi — joylarda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatdan qoniqish darajasini oshirishdan iboratdir. 

 Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati