Barcha yangiliklar
Senator Z. Bekatova joriy yilning 14-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, bir kun davomida bir nechta muhim uchrashuv va muloqotlarda qatnashdi.
Gallery image 67649
Gallery image 67650
Gallery image 67651
Gallery image 67652
Gallery image 67653
Gallery image 67654
Gallery image 67655
Gallery image 67656
Gallery image 67657
Gallery image 67658
SIDDIQOV FAZLIDDIN FAXRIDDIN O‘G‘LI
14 Noy 2025
20:27

Senator Z. Bekatova joriy yilning 14-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, bir kun davomida bir nechta muhim uchrashuv va muloqotlarda qatnashdi.

Avvalambor, G‘uzor tumani 1-son politexnikumida o‘tkazilgan seminar davomida deputatlar, tashkilot rahbarlari va faollar bilan qonunlar ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Seminarga viloyat Kengashi raisi I.Xushmurodova boshchilik qildi.

Shundan keyin “Nuroniylar maskani”da aholi murojaatlari tinglandi.

Odamlarning muammolari joyida ko‘rib chiqilib, bir qator masalalarga o‘sha yerning o‘zida yechim topildi.

Kun yakunida esa Axborot texnologiyalari va Menejment universitetida “Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi, ochiq muloqot esa juda iliq va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.