Barcha yangiliklar
Investitsiya loyihalari bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Gallery image 67604
Gallery image 67605
Gallery image 67606
Gallery image 67607
Gallery image 67608
Gallery image 67609
Gallery image 67610
Gallery image 67611
Gallery image 67612
TURSUNBAYEVA MASUDA RAVSHANBEKOVNA
14 Noy 2025
17:17

Investitsiya loyihalari bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Investitsiya loyihalari bo‘yicha ishlar o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashidagi Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan tumandagi “Bo‘stonliq-Farm” erkin iqtisodiy zonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-iyuldagi PQ-229-son qaroriga asosan amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi. 

🔹O‘rganish davomida “Planta Farm” MChJ tomonidan ampula dori vositalarini ishlab chiqarish loyihasining test rejimdagi faoliyati o‘rganildi. Umumiy qiymati 16,0 mln. dollar bo‘lgan ushbu loyiha ishga tushgach, 210 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ma’lum qilindi. 

🔹Loyihaning 1-bosqichi joriy yilning 4-choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.