Barcha yangiliklar
Deputat Nurobod tunanidagi olis hudud Sahoba mahallasida o'rganish olib bordi.
Gallery image 67598
Gallery image 67599
Gallery image 67600
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
14 Noy 2025
17:00

Deputat Nurobod tunanidagi olis hudud Sahoba mahallasida o'rganish olib bordi.

✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Oblanov Nurobod tumanidan 100 km uzoqlikda joylashgan Sahoba mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

✅Uchrashuvda Sahoba mahalla hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayollar daftarining yuritilshi, keksa va nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda to‘y-hashamlarni ixchamlashtirish kabi masalalarda suhbat qurildi. 

✅Shuningdek, deputat Sahoba mahallasida yashovchi aholi tomonidan hashar yo'li bilan qurilayotgan "Nuroniylar choyxonasi" qurilishi bilan yaqindan tanishib, o'zining takliflarini bildirdi.