Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 67574
Gallery image 67575
Gallery image 67576
Gallery image 67577
Gallery image 67578
XUDAYBERDIYEVA MOXIDIL NORBOYEVNA
14 Noy 2025
16:15

DEPUTAT NAZORATI

 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Zarafshon shahar Kengashi raisi Dilnoza Ahadova hamda Xalq
deputatlari shahar Kengashi deputati Obidjon Shodiyev tomonidan Zarafshon shahridagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati o‘rnatildi. O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi, taomnoma asosida tayyorlanayotgan ovqatlar sifati, mahsulotlarning yaroqlilik muddati hamda
oshxona gigiyenasi holati atroflicha tahlil qilindi. Deputatlar nazorati davomida bolalarning har tomonlama sog‘lom o‘sishi uchun ovqatlantirish jarayonini yanada takomillashtirish, gigiyena va sifat nazoratiga doimiy
e’tibor qaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi
.