Barcha yangiliklar
Xiyobonlar faoliyati o‘rganildi
Gallery image 67560
Gallery image 67561
Gallery image 67562
Gallery image 67563
Gallery image 67564
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
14 Noy 2025
16:08

Xiyobonlar faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining ish rejasiga asosan Bekobod shahridagi aholi dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan xiyobonlar faoliyati o‘rganildi. Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari M.Xoliqova, X.Ibragimova, U.Abdunazarov va Kengash raisi N.Babayev bilan birgalikda shaharning “Do‘stlik” mahallasida barpo etilayotgan yangi xiyobon qurilishi jarayoni bilan tanishildi. Qarovsiz turgan 1,61 ga bo‘sh yer maydonida “Vatanparvar" bog‘i tashkil etilib, ushbu hududda minifutbol maydoni, kutubxona, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari qurib bitkazildi. Varkaut, harbiy texnika maydoni, favvora, yugurish yo‘lagi, dekarativ devorlar tashkil etilgan. Mahalliy aholi vakillari bilan suhbatda ushbu xiyobon yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishini bildirdilar.