Barcha yangiliklar
Ko‘kdala tumanida “Maromiylik loyihasi” doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Gallery image 67490
Gallery image 67491
Gallery image 67492
Gallery image 67493
Gallery image 67494
Gallery image 67495
Gallery image 67496
Gallery image 67497
Gallery image 67498
BOYMURADOV UROL NASRIDDINOVICH
13 Noy 2025
00:00

Ko‘kdala tumanida “Maromiylik loyihasi” doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Ko‘kdala tumanida “Maromiylik loyihasi” doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Ko‘kdala tumani hokimligida tuman hokimi X.Djurayev va tuman prokurori B.Bekbutayev boshchiligida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida “Maromiylik loyihasi” yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda mutasaddi tashkilotlar vakillari, tuman deputatlari, imom-xatiblar, nuroniylar, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida isrofgarchilikning oldini olish, oqilona iste’mol madaniyatini shakllantirish, ortiqcha dabdabalarni kamaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mahallalarda to‘y va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha aholining fikri inobatga olingan holda ishlab chiqilgan tartiblar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan nuroniylar va jamoatchilik vakillari “Maromiylik loyihasi”ni aholiga keng targ‘ib etish, bu borada hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidlashdi.

Shuningdek, uchrashuvda erta nikoh va noqonuniy sha’riy nikoh holatlarining oldini olish, fuqarolarga huquqiy tushunchalar berish masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.