Barcha yangiliklar
AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
Gallery image 67312
Gallery image 67313
Gallery image 67314
Gallery image 67315
Gallery image 67316
Gallery image 67317
Gallery image 67318
Gallery image 67319
Gallery image 67320
Gallery image 67321
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
13 Noy 2025
18:10

AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari hamda deputatlar faoliyatini 2025-yil 12-14-noyabr kunlarida OAV da keng yoritish bo‘yicha MEDIA-REJA ijrosini ta’minlash maqsadida bugun xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari D.Normuradova, A.Mustafakulov, A.Ashurov, Sh.Allamuradova, G.Xudoyqulova hamda B.Xollozovlar Termiz shahridagi 1-, 2-, 6-son oilaviy polikilinikalariga tashrif buyurib, aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati va aholiga bepul beriladigan dori-dormonlar bilan ta’minlash holatini, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdi.

Deputatlar nazorat-tahlil jarayonida deputatlar onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, xotin-qizlar va ularning reproduktiv salomatligini tiklash, erta tug‘ruqlarning oldini olish, dunyoga kelgan va tug‘ilajak go‘daklar va ularning onalariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida oilaviy polikilinikalarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Shuningdek, sifatli tibbiy xizmatni tashkil etishda yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan soha vakillarinning ham fikr-mulohazalari tinglandi.

O‘rganish davomida deputatlar oilaviy polikilinikalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini ham o‘rgandi. Har bir oilaviy polikilinikalarida isitish tizimlari, bino va inshootlarning texnik holati, bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati bilan tanishib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiyalar berildi.