Barcha yangiliklar
Hokim va deputatlar hamjihatligi — tuman taraqqiyoti garovi
Gallery image 67295
Gallery image 67296
Gallery image 67297
Gallery image 67292
Gallery image 67293
Gallery image 67294
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
13 Noy 2025
17:17

Hokim va deputatlar hamjihatligi — tuman taraqqiyoti garovi

Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. 

— Hukumat qarorlari va davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini fuqarolarga chuqur tushuntirish — har bir deputatning burchi. Yangi islohotlar, joriy loyihalar va yangilanishlar aholining hayotini yaxshilashga qaratilgan. Shuning uchun har birimiz befarq bo‘lmasdan, tashabbuskorlik bilan ish tutsak, natija albatta seziladi,

 — dedi tuman rahbari.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan ham joylarda kuzatilayotgan ayrim muammolar, fuqarolar takliflari va ularni hal etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Tuman hokimi bildirilgan takliflarni diqqat bilan eshitib, tegishli rahbarlarga aniq vazifalar yuklatdi.

Muhokama yakunida hokim deputatlarni aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish, islohotlar mazmun-mohiyatini keng yoritish hamda davlat dasturlarining sifatli ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etishga chaqirdi.