Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati
Gallery image 67281
Gallery image 67282
Gallery image 67283
Gallery image 67284
Gallery image 67285
Gallery image 67286
Gallery image 67287
Gallery image 67288
Gallery image 67289
Gallery image 67290
Gallery image 67291
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
13 Noy 2025
17:11

Deputatlik nazorati

Aholiga oʻz vaqtida sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishi, bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holatlari o‘rganildi. Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputatlari Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna va Ashirmatova Xurshida Soliyevna ko‘p tarmoqli Markaziy shifoxonaga hamda Yoqubova Xusnora Abduxamidovna oʻzi saylangan okrugdagi “Nevich” oilaviy shifokorlik punktiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida deputatlar aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Bunda ko‘p tarmoqli Markaziy shifoxonaning umumiy iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari aholiga bepul yetkazib beriladigan dori vositalarini qabul qilish, saqlash va tarqatish tartibi, dorilar va tibbiy buyumlarga ehtiyoj qanday aniqlanishi hamda bu jarayonlarga kimlar mas'ul bo‘lishi haqida ma'lumotlarberdi. Deputatlar Fuqarolar bilan samimiy muloqotda ularning muammolari, taklif va ehtiyojlari tinglandi. Joylarda aholining sog‘lig‘ini asrash va dori vositalaridan to‘liq foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.