Barcha yangiliklar











MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
13 Noy 2025
17:05
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Xikoyat Xazratova umumta’lim maktabida ta’lim sifati va yaratilgan sharoitlar holatini o‘rgandi.
O'rganish davomida tumandagi 1-umumta'lim maktabi o'quvchilari uchun sport inshootlari mavjudligi va spot anjomlari tashkil etilganligi hamda jihozlar holati, maktabda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati, kutubxonaning imkoniyatlari, sport bilan shug‘ullanish uchun sharoitlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
X.Xazratova o‘rganish natijasida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish, to‘garaklar faoliyatini boyitish hamda o‘quvchilarga yaratilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.