Barcha yangiliklar
O‘ZBEKISTON – BAG‘RIKENG DIYOR
Gallery image 67229
Gallery image 67230
Gallery image 67231
Gallery image 67232
Gallery image 67233
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
13 Noy 2025
15:54

O‘ZBEKISTON – BAG‘RIKENG DIYOR

1995-yil 16-noyabrda YUNESKO Bosh konferensiyasining 28-sessiyasida e’lon qilingan “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”dan so‘ng ushbu sana butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Muzrabot tumani 21-sonli umumta'lim maktabida “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida "O'zbekiston-bag'ri keng diyor" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirning samaradorligi yuqori bo‘lishi uchun tayyorlash va o‘tkazish jarayonida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 17-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat Sidnenko Vera Viktorovna ham faol qatnashib o‘z hissasini qo‘shdi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan turli millat va elatlarning urf-odatlari, kuy-qo'shiqlari va sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Tadbir yakunida homiylar tomonidan faol qatnashchilarga estalik sovg‘lari berildi.