Barcha yangiliklar
Deputat – yoshlar bilan birga!
Gallery image 67204
Gallery image 67205
Gallery image 67206
Gallery image 67207
Gallery image 67208
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
13 Noy 2025
15:20

Deputat – yoshlar bilan birga!

📕Bugun Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D.Obulkosimova tomonidan Nurobod tumanidagi umumta’lim maktablarida o‘tkazilgan “Kelajak soati” darslarida faol ishtirok etdi.

🗣 Dars jarayonida o‘quvchilarga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimidagi yangilanishlar hamda shahrimizda yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

💬 Deputat yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tinglashdi. Uchrashuv davomida yosh avlodni vatanparvarlik, mas’uliyat va faol fuqarolik ruhida tarbiyalash, ularni kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar etib voyaga yetkazish zarurligi ta’kidlandi.

🖊Deputat Nurobod tumani Sazag'on mahallasidagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishib chiqib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtipilgan tadbirlar yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.