Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR “SAMARKAND MARATHON-2025”DA YUGURISH YO‘LAGIDA
Gallery image 67115
Gallery image 67116
Gallery image 67117
Gallery image 67118
Gallery image 67119
Gallery image 67120
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
10 Noy 2025
00:00

DEPUTATLAR “SAMARKAND MARATHON-2025”DA YUGURISH YO‘LAGIDA

DEPUTATLAR “SAMARKAND MARATHON-2025”DA YUGURISH YO‘LAGIDA

“Samarkand Marathon-2025” ¬– an’anaviy xalqaro xayriya marafoni o‘zining shiddatli va ruhlantiruvchi bellashuvlari bilan yakunlandi. Bu yil ham yurtimiz va 40 dan ortiq davlatdan kelgan 8 mingdan ziyod sport ixlosmandlari 5, 10, 21,1 va 42,2 kilometr masofalarda kuch sinashdi.

Musobaqaning 5 kilometrlik poygasida jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Mavlon Boboxonov ham ishtirok etdi. 

Marafonda turli yosh toifalari va imkoniyati cheklangan fuqarolar ham faol qatnashib, jamoatda tenglik va birdamlik g‘oyalarini namoyon etdilar.

G‘oliblar pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Samarqand ko‘chalarida bayramona kayfiyat hukm surdi. Sport, do‘stlik va ezgulik ruhi butun shaharni qamrab oldi.

"B" yo'nalishida ishtirok etgan M.Boboxonov marraga birinchilar qatori yetib kelib, bronza medali va esdalik sovg'a bilan taqdirlandi.

⚡️ @sam_vil_deputatlari