Barcha yangiliklar
Buloqboshi tumani hududida ijtimoiy soha ob’yektlarini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan muntazam nazoratga olinmoqda.
Gallery image 67076
Gallery image 67077
Gallery image 67078
Gallery image 67079
Gallery image 67080
Gallery image 67081
Gallery image 67082
Gallery image 67083
Gallery image 67084
Gallery image 67085
Gallery image 67086
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
13 Noy 2025
09:42

Buloqboshi tumani hududida ijtimoiy soha ob’yektlarini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan muntazam nazoratga olinmoqda.

 Kuz-qish mavsumida yoqilg‘i-energetika sohasi ob’yektlarining barqaror ishlashi, aholi
xonadonlari, ijtimoiy soha muassasalari hamda iqtisodiyot tarmoqlarini energiya
resurslari bilan uzluksiz ta’minlash masalalari ko‘zdan kechirilib, kuz-qish
mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini (sog‘liqni saqlash muassasalari,
ta’lim tizimi binolari, issiqlik elektr stansiyalari va boshqalar) energiya
resurslari bilan uzluksiz ta’minlash ekanligi ta’kidlandi. Shu bilan birga,
korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning hozirgi holati hududlar
kesimida ko‘zdan kechirildi.
 

Mas’ullar bilan o‘tkazilgan muhokama davomida ob’yektlarning
ishonchli faoliyatini ta’minlash, energiya resurslaridan oqilona va samarali
foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi
targ‘ibot ishlarini kuchaytirish va ularni jadallashtirish bo‘yicha
topshiriqlar berildi.
Hududlarda nosozlik holatlarning oldini olish va
ularni tezkor bartaraf etish uchun maxsus zarur texnika, zaxira materiallari va
himoya vositalarining soz holatdaligi korib chiqildi.