Barcha yangiliklar
Dehqon bozorlarida jamoatchilik nazorati
Gallery image 66741
Gallery image 66742
Gallery image 66743
Gallery image 66744
Gallery image 66745
Gallery image 66746
Gallery image 66747
Gallery image 66748
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
12 Noy 2025
17:10

Dehqon bozorlarida jamoatchilik nazorati

Tuman Kengashi deputatlari Ismailov Qamariddin Abduraximovich, Yoqubova Xusnora Abduxamidovnalar bozor mamuriyati bilan hamkorlikda tumandagi Markaziy dehqon bozorida bo‘lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navo barqarorligiga erishish, mavsum uchun oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari yaratilganligi holatini jamoatchilik nazorati asosida o‘rgandi. Nazorat-taxlil tadbiri davomida “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi”dagi go'sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining narxlariga alohida e'tibor qaratildi. Unda mutasaddi rahbarlar, sotuvchi va xaridorlar bilan suhbatlashildi. O‘rganishlar davomida tuman Kengashi deputatlari Q.Ismailov, X.Yoqubovalar tomonidan mahsulot narxlarini asossiz oshirmaslik, shuningdek, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish yuzasidan tadbirkorlarga tushuntirishlar berildi.