Barcha yangiliklar
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi  bilan uchrashuvi
Gallery image 66733
Gallery image 66734
Gallery image 66735
YAKUBOVA ZAMIRA ISMAILOVNA
12 Noy 2025
17:06

Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi

17-Navroʻz saylov okrugidan Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashiga O'zbekiston XDPdan saylangan deputat Muratjon Mirzayev hamda Oʻzbekiston XDP Margʻilon shahar tashkiloti raisi Muhammadjon Mirzayev “Navroʻz” mahalla fuqarolar yig‘inida boʻlib, mahalla yettiligi va faollar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida mahalla yettiligining yoshlar, ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassislarning hujjatlari va olib borayotgan amaliy ishlari tanqidiy tahlil qilindi.

Shuningdek, tashrif davomida deputatlar mahalladagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berdilar.