Barcha yangiliklar
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
Gallery image 66710
Gallery image 66711
Gallery image 66712
Gallery image 66713
Gallery image 66714
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
12 Noy 2025
16:26

DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mamatmuratov A’zamat Karamatovich va mahallada faoliyat yuritib kelayotgan “mahalla yettiligi” hamkorligida Oltinsoy tumanidagi “Qoratepa” va “Guliston” mahallalarida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.  

Uchrashuv davomida mahalla fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan muammolar, ichki ko‘chalarni asfaltlash, katta yo‘l chetlarida piyodalar harakatlanishi uchun maxsus yo‘laklar barpo etish, beton ustun va yopiq kabellar o‘rnatish kabi masalalar muhokama qilindi.  

Deputat tomonidan uchrashuvdagi mahalla fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda tegishli korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborishga kelishib olindi. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati