Barcha yangiliklar
Deputat “Zulfiyaxonim” ko‘rik-tanlovida hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdi
Gallery image 66690
Gallery image 66691
Gallery image 66692
Gallery image 66693
Gallery image 66694
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
24 Okt 2025
15:54

Deputat “Zulfiyaxonim” ko‘rik-tanlovida hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdi

Tanlovda fan, ta’lim, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyatida yuqori natijalarga erishgan 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan iqtidorli va isteʼdodli qizlar qatnashdilar. Ushbu bosqichda Respublika va xalqaro miqyosdagi koʻrik-tanlovlar, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida ahamiyatli yutuqlarni qoʻlga kiritgan, har jabhada tengdoshlariga oʻrnak va namuna boʻlib kelayotgan qizlarning ishlari baholandi.  

Tadbir so‘ngida hakamlar tomonidan “Zulfiyaxonim izdoshlari” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida g‘olib deb topilgan ishtirokchilarga shahar bosqichiga yo'llanmalar berildi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.