Barcha yangiliklar
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV
Gallery image 66636
Gallery image 66637
Gallery image 66638
Gallery image 66639
Gallery image 66640
Gallery image 66641
Gallery image 66642
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
12 Noy 2025
13:53

SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Toshloq tumani “Do‘stlik” MFY da “1-Furqat” saylov okugidan saylangan deputat Tursunboy Soliyev “mahalla yettiligi” hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Dastlab deputat tomonidan saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilib, o‘tgan davr mobaynida saylovchilar murojaati asosida joylardagi mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi. 

Shuningdek, “Do‘stlik” MFY hududida joylashgan 2-IDUMga tashrif buyurilib, maktab binolari va qozonxonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari ko‘zdan kechirildi.