Barcha yangiliklar
Kuz-qish mavsumi-deputat e'tiborida
Gallery image 66625
Gallery image 66626
Gallery image 66627
Gallery image 66628
Gallery image 66629
Gallery image 66630
SHAMSIDDINOVA DILNOZA ILXOMOVNA
12 Noy 2025
13:24

Kuz-qish mavsumi-deputat e'tiborida

Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan va Karmana tuman kengashi deputati Z.T. Togʻayev 2025 -yil 7- noyabr kuni Yangi Varq MFY da boʻlib, 31–umumiy o'rta ta’lim muassasasining kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida sinf xonalari holati, isitish tizimining shayligi,qish mavsumiga mo‘ljallangan xavfsizlik choralarining bajarilishi, ta’mirlash ishlari kabi yo‘nalishlar ko‘zdan kechirib,bajarilishi lozim bo'lgan ishlar bo'yicha mas'ullarga tavsiyalar berildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning ta’lim muhitini yanada qulay va xavfsiz qilish borasida mas’ul mutasaddilar bilan fikr almashildi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — ta’lim sifati, sharoitlar va infratuzilma bo‘yicha amaliy holatni joyida ko‘rib, kelgusidagi takomillashtirish choralarini belgilashdan iborat bo‘ldi.