Barcha yangiliklar
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari deputatlar e’tiborida
Gallery image 66613
Gallery image 66614
Gallery image 66615
Gallery image 66616
Gallery image 66617
Gallery image 66618
Gallery image 66619
Gallery image 66620
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
12 Noy 2025
11:43

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari deputatlar e’tiborida

Joriy yilning 26-sentabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev huzurida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda joylardagi ma’sullarga vazifalar berilgan edi. Shu maqsadda tumanda ijtimoiy soha obe’ktlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarning amalaga oshirilishi bo‘yicha xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari ham o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar olib bormoqdalar. Jumladan, 10-Yangiyer saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati T.Tangirov o‘zi saylangan Yangiyer MFYda joylashgan 5, 47, va 50-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, kuz qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Kuz-qish mavsumida maktablarda binolarni isitish autsorsing xizmatlari asosida tashkil etilgan. Isitish mavsumi uchun ko‘mir yoqilg‘isi jamg‘arilgan. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun deputat tomondan tegishli ma’sullarga tavsiya va maslahatlar berildi.