Barcha yangiliklar
Mahalliy kengash deputati mahallada:  kambag‘allikdan farovonlik sari
Gallery image 66594
NABIYEV SOXIBJON ABDUGANIYEVICH
12 Noy 2025
10:52

Mahalliy kengash deputati mahallada: kambag‘allikdan farovonlik sari

 🔹Deputat diqqat-e’tiborini: mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar bandligi, tomorqadan samarali foydalanish, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalariga qaratdi. 

🔹Uchrashuv davomida milliy qadriyatlarimizga hurmat, urf-odatlarimiz, mehr-oqibat tushunchalari otaxon-onaxonlar o‘gitlarida namoyon bo‘ldi. Hudud aholisida shakllangan
mehnatsevarlik ko‘nikmalari orqali ijtimoiy faollik hamda manfaatdorlik oshayotgani, pirovard-natijada esa, kambag‘allikdan farovonlikka erishayotgan oilalar soni ortib borayotganligi alohida e’tirof etildi. 

 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati