Barcha yangiliklar
Jarayon
Gallery image 66556
Gallery image 66557
Gallery image 66558
Gallery image 66559
Gallery image 66560
Gallery image 66561
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
12 Noy 2025
09:14

Jarayon

Qibray tumani Qipchoq mahallasida istiqomat qiluvchi Tikasheva Baxtibyubyu aya o‘z farzandi — harbiy xizmatchi Nuriya Ibragimovaning fidokorona mehnatlari, mas’uliyatli kasbida erishayotgan yutuqlari bilan faxrlanadi.

Baxtibyubyu aya o‘z farzandini Vatanga sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalaganligi e’tirof etilib, unga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “VATAN HIMOYACHISINING ONAJONIGA” esdalik ko‘krak nishoni topshirildi.

 Ushbu tantanali marosimda tuman Kengashi 10-okrug deputati N. Alimov, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

 Bu e’tirof nafaqat Baxtibyubyu aya uchun, balki farzandini Vatan himoyasi yo‘lida tarbiyalayotgan barcha onalar uchun hurmat va faxr timsolidir.