Barcha yangiliklar
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA
Gallery image 66543
Gallery image 66544
Gallery image 66545
Gallery image 66546
Gallery image 66547
Gallery image 66548
Gallery image 66549
Gallery image 66550
Gallery image 66551
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
11 Noy 2025
18:57

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA

 Oltinsoy tumanida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari izchil davom etmoqda. Shu maqsadda, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati A.Narmuratov tashabbusi bilan Oltinsoy tuman hududidagi 38-66-sonli umumta’lim maktablari va 20-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarga o‘rganish ishlari olib borildi. 

Mazkur o‘rganish jarayonining asosiy maqsadi — ta’lim muassasalarining sovuq mavsumga tayyorlik darajasini baholash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralarini ko‘rishdan iboratdir. 

Deputat ishtirokida o‘tkazilgan monitoring davomida quyidagi jihatlar chuqur o‘rganildi: 

· maktab binolaridagi isitish tizimlarining holati va ularning to‘liq ishga tayyorligi; 

· ko‘mir zaxiralarining mavjudligi hamda sifat darajasi; 

· eshik va oynalarning mahkamligi, issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar; 

· ichimlik suvi, elektr energiyasi va issiqlik ta’minotining uzluksizligi. 

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, ayrim ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari jadallashtirilishi lozimligi qayd etildi. Shu bilan birga, deputat A.Narmuratov mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, kuz-qish mavsumida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishni ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. 

Mazkur jarayon davomida xalq deputatlari tomonidan o‘quv maskanlarining rahbarlari, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar vakillari bilan ham muloqot o‘tkazilib, mavsumiy tayyorgarlikning har bir bosqichi doimiy deputat nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati