Barcha yangiliklar
"11-NOYABR - O‘ZBEKISTON KASBA UYUSHMALARI KUNI" BAYRAMI NISHONLANDI.
Gallery image 66488
Gallery image 66489
Gallery image 66490
Gallery image 66491
Gallery image 66492
ABATOV MAMBETBAY JOLDASBAEVICH
11 Noy 2025
15:51

"11-NOYABR - O‘ZBEKISTON KASBA UYUSHMALARI KUNI" BAYRAMI NISHONLANDI.

 Bugun
Kegeyli tumani hokimligida O‘zbekistonda kasaba uyushmalari faoliyatining 120
yilligi hamda "11-noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni"
bayrami munosabati bilan O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati
xodimlari kasaba uyushmasi Kegeyli tumani Kengashi tarkibidagi boshlang‘ich
kasaba uyushmasi tashkiloti rahbarlari, kasaba uyushmasi faollari hamda
nuroniylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda
O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi
Kegeyli tumani Kengashi raisi U.Utegenov so‘zga chiqib, bugungi kunda
"Yangi O‘zbekiston"ni barpo etishda mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda barcha bo‘g‘indagi kasaba
uyushmalarining ishtiroki va tutgan o‘rni haqida keng tarzda so‘zlab berdi va
tadbir ishtirokchilarini bayram bilan samimiy tabrikladi.