Barcha yangiliklar
Deputat nazorati
Gallery image 66444
Gallery image 66445
Gallery image 66446
Gallery image 66447
XUDOYQULOVA GULNORA UBAYDULLAYEVNA
11 Noy 2025
12:05

Deputat nazorati

 Deputat nazorati 

Saidbod mahallasida ichki yo‘llar asfaltlanmoqda 

Piskent tumanida aholi uchun qulay sharoit yaratish va
mahalla infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida Saidbod mahallasida
yo‘llarni asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.
 

Loyiha doirasida Navoiy, Yangiobod, Ahil va Kelajak
ko‘chalarida jami 10 kilometr 200 metr masofada asfaltlash ishlari bajarildi.
Mazkur ishlar hudud deputati N.Ubaydullayeva hamda jamoatchilik vakillari
tomonidan doimiy nazoratga olingan.
 

Asfaltlash jarayoni mahalladagi yo‘l infratuzilmasini
yaxshilash, aholi harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish va hududning obod
qiyofasini ta’minlashga qaratilgan.
 

Hudud deputatining ta’kidlashicha, yo‘llarni
ta’mirlash va asfaltlash ishlari izchillik bilan davom ettirilib, aholining
turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi.