Barcha yangiliklar
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish yuzasidan mahalla faollariga tushunchalar berildi
Gallery image 66270
Gallery image 66271
Gallery image 66272
Gallery image 66273
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
10 Noy 2025
14:41

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish yuzasidan mahalla faollariga tushunchalar berildi

Bo‘ston tumani hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashi raisi S.Nosirova raisligida mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faollari, otinoyilari, dasturxonchilar hamda mahalla nuroniylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda "To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish hamda xalqimizning milliy urf-odatlari, ma’naviyati, madaniyati, an’analari va qadriyatlarini hurmat qilishga, jamoat tartibini saqlashga, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga, oilaviy tadbirlarni o‘tkazishda shuhratparastlik, dabdaba va isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan belgilangan vazifalar xaqida ishtirokchilarga tushunchalar berildi.