Barcha yangiliklar
Yangiobodda “Biz to‘yimizni namunali, ixcham qilamiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Gallery image 66132
Gallery image 66133
Gallery image 66134
Gallery image 66135
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
08 Noy 2025
23:02

Yangiobodda “Biz to‘yimizni namunali, ixcham qilamiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Yangiobod tuman hokimligida mahalla faollari, deputatlar va nuroniylar ishtirokida to‘y-ma’rakalar, bayramlar, tantanalar va boshqa marosimlarda isrofgarchilikning oldini olish maqsadida “Biz to‘yimizni namunali, ixcham qilamiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Valijon Xasanov so‘zga chiqib marosimlarni milliy qadriyatlarimizga mos, ixcham va namunali tarzda o‘tkazish, ortiqcha dabdababozlikka yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar aholiga oqilona xarajat qilish, mehnatsevarlik va tejamkorlikni targ‘ib etish, yoshlarni mas’uliyat va odob-axloq ruhida tarbiyalash muhimligini ta’kidladilar. Tadbir yakunida fuqarolar o‘z to‘y va marosimlarini namunali o‘tkazishga, ortiqcha chiqimlardan
tiyilish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdi.