Barcha yangiliklar
Pastdarg‘om tumanida aholi murojaatlarini samarali hal etish — doimiy e’tiborda!
Gallery image 66106
Gallery image 66107
Gallery image 66108
Gallery image 66109
Gallery image 66110
Gallery image 66111
Gallery image 66112
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
08 Noy 2025
12:10

Pastdarg‘om tumanida aholi murojaatlarini samarali hal etish — doimiy e’tiborda!

Bugun Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari ishtirokida eng ko‘p murojaat kelib tushgan mahalla raislari bilan tanqidiy-tahliliy muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda murojaatlar soni yuqori bo‘lgan mahallalardagi holatlar batafsil tahlil qilinib, har bir murojaatning sababi, yechim jarayoni hamda mahalla raisi va mutasaddilar faoliyati atroflicha muhokama etildi.

 Deputatlar tomonidan aholi bilan yaqin muloqotni kuchaytirish, murojaatlarning oldini olish va ularni joyida hal etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berildi.

 Shu bilan birga, faol mahalla raislari tajribasini ommalashtirish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali aholi muammolarini tezkor hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

 Tuman Kengashi kotibiyati tomonidan bunday tanqidiy muhokamalar tizimli ravishda tashkil etilib, har bir mahallada aholi manfaati ustuvor bo‘lishiga e’tibor qaratilmoqda.