Barcha yangiliklar
Deputat_axboroti  deputatlik faoliyati
Gallery image 66070
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
08 Noy 2025
11:49

Deputat_axboroti deputatlik faoliyati

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Bahodir Ochilov 2025-yilning uchinchi choragida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, unda saylovchilar, mahalla faollari, ijtimoiy soha vakillari hamda yoshlar ishtirok etdilar. 

 Deputat o‘z so‘zida uchinchi chorakda okrug hududida amalga oshirilgan amaliy ishlar, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalarni taqdim etdi.

Deputat mahalla “yettiligi” bilan hamkorlikda ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy masalalarni joyida hal etishda faol ishtirok etmoqda.

Deputat o‘z nutqida: “Deputatlik bu nafaqat qonunlar ustida ishlash, balki xalq bilan hamnafas bo‘lish, ularning ishonchini oqlashdir. Bu ishonch bizni har kuni yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirishga undaydi”, — deya ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.