Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Abdubannob Mahkamov Ipak yo‘li MFY raisi bilan birgalikda mahalla hududidagi ijtimoiy soha tashkilotlarida kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari holati o‘rganildi.
Gallery image 66056
Gallery image 66057
Gallery image 66058
Gallery image 66059
Gallery image 66060
Gallery image 66061
Gallery image 66062
YAKUBOVA ZAMIRA ISMAILOVNA
08 Noy 2025
11:13

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Abdubannob Mahkamov Ipak yo‘li MFY raisi bilan birgalikda mahalla hududidagi ijtimoiy soha tashkilotlarida kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari holati o‘rganildi.

Mazkur nazorat tahlil tadbirda 2-umumta’lim maktabi, 8-12-15-maktabgacha ta’lim tashkilotlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasidagi amaliy ishlar o‘rganildi va joyida tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida deputat tomonidan mas’ullar bilan hamkorlikda mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shu bilan birga, mahalla aholisi farovonligini oshirish, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va ijtimoiy faollikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Mahalla yettiligi va deputat o‘rtasidagi bunday samarali hamkorlik fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish, hududda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash hamda mahalla hayotida faollikni oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.