Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 65656
Gallery image 65657
Gallery image 65658
Gallery image 65659
Gallery image 65660
TAUBAYEV KUVANISHBEK MIRZAKULOVICH
07 Noy 2025
10:34

Deputat faoliyatidan

Joriy yilning 6-noyabr kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Azamat Xudayberdiyev tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida muassasaning isitish tizimi, yoritish vositalari, binolarning tashqi va ichki holati, bolalar sog‘lomligi va xavfsizligi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavsumiy ta’mirlash ishlarining bajarilishi, zarur yoqilg‘i zaxirasi hamda bolalar uchun qulay muhit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Deputat A.Xudayberdiyev tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.