Barcha yangiliklar
Deputatlar Marg‘ilonda tez tibbiy yordam tizimidagi raqamli islohotlar samaradorligini o‘rgandilar
Gallery image 65643
Gallery image 65644
Gallery image 65645
Gallery image 65646
Gallery image 65647
Gallery image 65648
Gallery image 65649
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
07 Noy 2025
10:12

Deputatlar Marg‘ilonda tez tibbiy yordam tizimidagi raqamli islohotlar samaradorligini o‘rgandilar

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan Respublika Tez Tibbiy Yordam Markazi Farg‘ona hududiy filiali Marg‘ilon shahar tez tibbiy yordam stansiyasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur nazorat-tahlil jarayonida deputatlar PQ–283-sonli Prezident qarori asosida yo‘lga qo‘yilgan raqamli boshqaruv tizimining amaliy natijalari bilan tanishdilar.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, Marg‘ilon shahrida tez tibbiy yordam xizmati faoliyati to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, endilikda xodimlar ish jarayonida qog‘oz va ruchkasiz, ya’ni planshetlar orqali elektron tarzda faoliyat olib bormoqda.