Barcha yangiliklar
Ijtimoiy soha ob’ektlaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
Gallery image 65573
Gallery image 65574
Gallery image 65575
Gallery image 65576
Gallery image 65577
Gallery image 65578
Gallery image 65579
Gallery image 65580
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
01 Okt 2025
09:40

Ijtimoiy soha ob’ektlaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida

 Ijtimoiy soha ob’ektlaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2024 yil 24 dekabrdagi PQ-454-son qarori asosida Xalq deputatlari tuman Kengashi
deputatlari tomonidan Qaqir mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 40-son
umumiy o‘rta ta’lim maktabini “Iftixor ta’mir servis” MChJ tomonidan ta’mirlash
hamda 330 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar
holati o‘rganildi.
 

Loyiha qiymati 2 milliard 700 million
so‘mni tashkil etadi. Qurilish ishlari rejaviy olib borilayotgan bo‘lsa-da, yangi
binoning ikkinchi qavati koridoriga mramor plitka yotqizish jarayonida nuqsonlar
mavjudligi aniqlandi. Mas’ul rahbarlarga kamchiliklarni bartaraf etish choralarini
ko‘rish tavsiya etildi.
 

Ta’kidlash joizki, yangi binoning
ishga tushirilishi maktabda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning zamonaviy
sharoitlarda tahsil olishini ta’minlash hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning
samarasi sifatida xizmat qiladi.