Barcha yangiliklar
“Biz kitobsevar xalqmiz” – yoshlar bilan uchrashuv
Gallery image 65483
Gallery image 65484
Gallery image 65485
Gallery image 65486
Gallery image 65487
Gallery image 65488
Gallery image 65489
Gallery image 65490
RAXMATOV ALISHER OBIDOVICH
06 Noy 2025
16:39

“Biz kitobsevar xalqmiz” – yoshlar bilan uchrashuv

“Biz kitobsevar xalqmiz” – yoshlar bilan uchrashuv • 6 ноября в 15:05

Хаlq deputatlari Buxoro tumani Kengashi deputati N.G‘aybullayeva tashabbusi bilan Buxoro davlat universitetida yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Biz kitobsevar xalqmiz” nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida kitob mutolaasining ahamiyati, ma’naviyat va ma’rifatning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rag‘batlantirishga qaratilgan turli interaktiv mashg‘ulotlar va suhbatlar o‘tkazildi.

Bunday tashabbuslar yoshlarni ilm-fan va ma’rifatga yo‘naltirish, ularning tafakkurini boyitish hamda kitobni hayotiy qadriyat sifatida qadrlashlariga xizmat qiladi.