Barcha yangiliklar
TAʼLIM TASHKILOTIDA KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT OʼTKAZISH BOʼYICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR HOLATI OʼRGANILDI.
Gallery image 65450
Gallery image 65451
Gallery image 65452
Gallery image 65453
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
06 Noy 2025
16:06

TAʼLIM TASHKILOTIDA KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT OʼTKAZISH BOʼYICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR HOLATI OʼRGANILDI.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Baqo Vafoyev saylov okrugidagi tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 8-son maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib, tashkilotning issiqlik manbai, qozonxona tarmoqlari, shuningdek, elektr energiyasi, koʻmir zahiralari, tabiiy gaz va ichimlik suvini yetkazib berish holatlarining kuz-qish mavsumiga shayligi oʻrganildi. Oʻrganishlarda isitish vositalarida mavjud muammolar aniqlanib, muammolar tegishlicha tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga deputatlik soʻrovi orqali bildirildi. Mavjud muammolar deputatlik nazoratiga olindi.