Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yigʻilishi  boʻlib oʻtdi.
Gallery image 65379
Gallery image 65380
Gallery image 65381
Gallery image 65382
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
06 Noy 2025
15:52

Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligida aholi bandligini oshirish va yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-69-sonli Qarori ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatlik guruhi axboroti va mutasaddi tashkilotni xisoboti tinglandi. Dastavval ushbu masala yuzasidan olib borilgan oʻrganish yakunlari boʻyicha deputatlik guruhi axboroti tinglandi. Yig'ilishda muxokama etilgan masala bo'yicha partiya faollari va xalk vakillari oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Soxada uchrayotgan ayrim muammolar, xususan yerlardan oqilona foydalanish borasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi taʼkidlandi. Muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.