Barcha yangiliklar
Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
Gallery image 65215
Gallery image 65216
Gallery image 65217
SHOVQIDDINOV MAFTUN SAYFUTDINOVICH
05 Noy 2025
10:49

Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov hamda komissiya a’zolari O‘. Omonov va L. Djamolovalarning ishtirokida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mavjud tizim, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda ularning samaradorligi atroflicha tahlil qilindi. Mazkur o‘rganish natijalari Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan.