Barcha yangiliklar
Toshkent mahallasida aholi murojaati yuzasidan yig‘ilishi o‘tkazildi
Gallery image 65203
Gallery image 65204
Gallery image 65205
Gallery image 65206
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
06 Noy 2025
10:18

Toshkent mahallasida aholi murojaati yuzasidan yig‘ilishi o‘tkazildi

Toshkent mahallasida aholi murojaati yuzasidan yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Mamanova Karomat ishtirokida “Toshkent” mahalla yettiligi hamda mahalla faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqga qilgan Murojaatnomasi tinglanib, unda belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati aholiga batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, mahalla yettiligining 2025-yilning 9 oyidagi faoliyati yuzasidan hisobot yig‘ilishi ham tashkil etildi. Unda mahallada amalga oshirilgan ishlar, aholi farovonligini oshirish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, jinoyatchilikning oldini olish hamda bandlikni ta’minlash borasidagi natijalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv jarayonida aholining fikr va takliflari ham tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.