Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR MAHALLA FAOLIYATI VA IJTIMOIY OB’YEKTLAR HOLATINI O‘RGANDILAR
Gallery image 65184
MATYAQUBOVA SARABIBI IDIROVNA
06 Noy 2025
09:30

DEPUTATLAR MAHALLA FAOLIYATI VA IJTIMOIY OB’YEKTLAR HOLATINI O‘RGANDILAR

QO‘SHKO‘PIR TUMAN XALQ DEPUTATLARI KENGASHI DEPUTATLARI MAHALLA FAOLIYATI VA IJTIMOIY OB’YEKTLAR HOLATINI O‘RGANDILAR

 Xalk deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputatlari — Raximova Zamira hamda Ahmedov Jahongirlar tomonidan “Bog‘zor” mahallasida joylardagi holat o‘rganildi.

Deputatlar mahalla “yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishib, aholi bilan muloqot olib bordilar. Suhbat jarayonida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, aholi bandligi, yoshlar va ayollar faolligini oshirish, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama etildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan mahalladagi ta’lim muassasalari hamda boshqa ijtimoiy ob’yektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Inshootlarda isitish tizimlari, elektr ta’minoti, suv tarmoqlari va moddiy-texnika bazasi holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.