Barcha yangiliklar
Deputatlar yangi o‘quv yili tadbirlarida faol ishtirok etdilar
Gallery image 65093
Gallery image 65094
Gallery image 65095
Gallery image 65096
Gallery image 65097
Gallery image 65098
Gallery image 65099
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
08 Sen 2025
17:25

Deputatlar yangi o‘quv yili tadbirlarida faol ishtirok etdilar

 Deputatlar yangi o‘quv yili tadbirlarida faol ishtirok etdilar 

  Bugun 2 sentyabr kuni xalq
deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari o‘z hududlaridagi maktablarda
2025–2026 o‘quv yiliga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirlarda faol
ishtirok etdilar. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib o‘tgan “Birinchi
qo‘ng‘iroq” marosimlarida so‘zga chiqib, davlatimizda ta’lim sohasida olib
borilayotgan isloxotlar to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.
 

  Shuningdek, deputatlar
mas’ullar bilan birgalikda, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yayotgan
o‘g‘il-qizlarga davlat rahbari tashabbusi bilan tayyorlangan o‘n uch nomdagi
o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi”ni tantanali ravishda
topshirdilar hamda o‘quv jarayonining birinchi dars soatlarida «Vatan uchun,
millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida «Kelajak soati» darslarida qatnashib,
yosh avlodga milliy g‘oya va vatanparvarlik ruhini singdirish,
mustaqilligimizning qadri va ahamiyati haqida gapirib, yoshlarni bilimli,
zamonaviy fikrlaydigan, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan
shaxslar bo‘lib kamol topishga da’vat etdilar.