Barcha yangiliklar
Deputatlar keksalar va nogironligi bor shaxslar holidan xabar oldilar.
Gallery image 65079
Gallery image 65080
Gallery image 65081
Gallery image 65082
Gallery image 65083
Gallery image 65084
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
02 Sen 2025
17:20

Deputatlar keksalar va nogironligi bor shaxslar holidan xabar oldilar.

 Deputatlar keksalar va nogironligi bor shaxslar holidan xabar oldilar. 

  O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-maydagi 171-son qaroriga muvofiq Quva
tumanida aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib etish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
 

Yangi yo‘nalishlar orasida
ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning innovatsion shakllari, keksa va nogironligi bor
shaxslar uchun ko‘makchi dasturlar, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga
qaratilgan tadbirlar, kunduzgi qatnov asosida xizmatlar hamda reabilitatsiya va
psixologik qo‘llab-quvvatlash xizmatlari alohida ahamiyatga ega.
 

Tumandagi “Omad Shifo”
klinikasida kunduzgi qatnov asosida yoshi keksa, yordamga muhtoj, nogironligi
bor shaxslarni qarab turish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa mazkur toifadagi
fuqarolar uchun katta imkoniyat yaratgan.
 

Xalq deputatlari Quva tuman
Kengashi deputatlari “Omad Shifo” klinikasiga borib holatni o‘rgandilar.
Shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirib, ularning yaxshi va zamonaviy darajada
tashkil etilganini ta’kidladilar.
 

Kunduzgi qatnovdagi fuqarolar
bilan suhbatlashib, ularni mamlakatimizning davlat mustaqilligining 34 yilligi
bilan qutladilar, mazkur maskan yuzasidan iliq fikrlarini tingladilar.
 

Loyihaning ahamiyati shundaki,
u nafaqat tibbiy ko‘makni, balki ijtimoiy moslashuv, ruhiy barqarorlik va faol
hayot tarzini qo‘llab-quvvatlaydi.
 

Tumanda yo‘lga qo‘yilgan ushbu
tashabbus aholining hayot sifatini oshirish, salomatligini muhofaza qilish va
ijtimoiy adolat tamoyillarini ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.